O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi aviaqatnovlar keskin oshishi mumkin

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 00:21
O‘zbekiston va Janubiy Koreya aviasiya ma’muriyatlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, mazkur hujjat ikki mamlakat aviasiya ma’muriyatlari o‘rtasida Seul shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasiga ko‘ra imzolangan va ayrim kelishuvlarga erishilgan.

Jumladan, endilikda ikki mamlakat o‘rtasida tayinlangan aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi. O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasidagi amaldagi muntazam aviaqatnovlar sonini har bir tomon aviakompaniyalari uchun haftasiga 10 tadan 24 taga oshirish huquqi beriladi.

Shuningdek, har ikki tomon aviakompaniyalari uchun Janubiy Koreyaning «Jeju» hamda O‘zbekistonning «Samarqand» xalqaro aeroportlarida e’lon qilingan maxsus «Ochiq osmon» rejimidan ikki tomonlama foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar Uzbekistan airways aviakompaniyasi, shuningdek, kelgusida O‘zbekiston tomonidan tashkil etilgan yangi rezident aviakompaniyalar (Qanot Sharq, My Freighter, Air Samarkand) tomonidan ham amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, ikki davlat aviasiya hukumatlari o‘rtasidagi oxirgi maslahatlashuvlar 2018 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, unga ko‘ra ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar har bir tomon aviakompaniyalari uchun haftasiga 10 tadan etib belgilangan va har bir tomondan 2 tadan aviakompaniyalarga aviaqatnovlarni amalga oshirish huquqi berilgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati