Rossiya Isroilga jiddiy ayblov qo‘ydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-10-2024, 00:02
Isroil Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida mojaro qo‘zg‘ash rejasini tuzmoqda. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS».

«Isroil rahbariyatining rejalari har qanday holatda ham uning asosiy mintaqaviy raqibi Eron va AQSh o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaro keltirib chiqarishi borgan sari oydinlashmoqda», dedi rossiyalik diplomat.

Bundan oldin Nebenzya Yaqin Sharq mintaqasi katta urush tubiga sirpanib borayotganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Livan yerlariga bostirib kirdi, 1 oktyabr kuni esa Eron Isroil hududlariga raketa zarbalari yog‘dirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati