Dembele Enrikedan uzr so‘radi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 23:19
Usmon Dembele «Nissa»ga qarshi o‘yinda «PSJ» tarkibiga qaytadi.

Qanot futbolchisi Luis Enrikening qaroridan so‘ng Chempionlar ligasida «Arsenal»ga qarshi o‘yinni (2:0) o‘tkazib yubordi. Xabar qilinishicha, Dembele va «PSJ» bosh murabbiyi o‘rtasida mojaro kelib chiqqan, biroq Enrike bu ma’lumotni inkor etgan va Dembelening qaydnomadan chetlashtirilishini «jamoa oldidagi majburiyatlarni bajarmagani» bilan izohlagan.

"RMC Sport" xabariga ko‘ra, mojaroga Enrikening Liga 1ning «Renn»ga qarshi o‘yinidagi tanaffus vaqtida Dembeleni tanqid qilgani sabab bo‘lgan - «PSJ» bosh murabbiyiga Usmonning jarima maydonchasi yaqinidagi haddan tashqari ko‘p texnika ko‘rsatishi yoqmagan. Oradan bir necha kun o‘tib vinger jamoa mashg‘ulotlariga ham kechikdi.

Xabar qilinishicha, Dembele va Enrike vaziyatni muhokama qilishgan va vinger payshanba kuni jamoa bilan mashg‘ulotlarga qaytadi. Usmon ushbu yakshanba kuni «Nissa»ga qarshi Liga 1 o‘yinida «PSJ» tarkibida bo‘lishi kutilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati