“Nasaf” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 02-10-2024, 21:45
D guruhi markaziy o‘yinida «Nasaf» (4) o‘z maydonida «Shabob Al Ahli»ni (3) qabul qilib, Marushichnin dubli evaziga kambek qildi va peshqadamga aylandi.
Uchrashuvning 19-daqiqasida Mateusao hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim shu hisob bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda qarshiliklar faolroq harakat qildi va 83-daqiqaga kelib, muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Zoran Marushich gol muallifiga aylandi. 90+2-daqiqada esa Marushich yana bir bor darvozani ishg‘ol etdi va “Nasaf”ga g‘alaba keltirdi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida «Al Husayn» (0) Iordaniyada «Al Kuvayt»ni (1) qabul qiladi.