• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Vashingtonda Orolbo‘yi mintaqasiga yordam ko‘rsatishga qaratilgan xayriya qabuli o‘tkazildi

Vashingtonda Orolbo‘yi mintaqasiga yordam ko‘rsatishga qaratilgan xayriya qabuli o‘tkazildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 10:26
O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida Qoraqalpog‘istonga moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida xayriya qabuli bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

Qabul 1987 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarga zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va asboblar taqchilligini bartaraf etishda yordam berib kelayotgan Amerikaning "Project C.U.R.E." nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Xayriya qabuli Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 12 million dollarlik zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berishga ko‘maklashishga qaratilgan edi.

Qabulda turli tashkilotlar – Davlat departamenti, AQSh Kongressi, YUSAID, Amerika nodavlat notijorat va donor tashkilotlari, jumladan "Islamic Relief USA", "Embrace Relief", "Stirling Foundation", Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi, "Boeing Foundation", "GM Foundation" "Foundation Path of Hope", "Chileka Health Centre", «Chileka Health Centre», shuningdek, Ozarbayjon, Malayziya, Malavi, Janubiy Afrika, Tunis, Zambiya va Lesoto diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston elchisi Furqat Sidiqov yig‘ilganlarga Orol dengizining qurishi ko‘lami va oqibatlari, uning Orolbo‘yi mintaqasiga salbiy ta’siri haqida so‘zlab berdi. Ushbu fojia yangi Orolqum cho‘lining paydo bo‘lishiga va hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashishiga olib kelgani, aholi salomatligi, atrof-muhit va hudud iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlarga sabab bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.

"Project C.U.R.E." prezidenti Duglas Jekson o‘z chiqishida, mazkur tashkilot Orolbo‘yi mintaqasi ko‘p sonli aholisiga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishdan mamnun ekanini ta’kidladi. Qayd etilishicha, ayni paytda Qoraqalpog‘istondagi tibbiy asbob-uskunalar va texnologiyaga juda muhtoj bo‘lgan tibbiyot muassasalariga 5 ta konteynerdan iborat dori vositalari yetkazib berilgan.
"Bizning ko‘ngillilarimiz korporativ homiylardan mablag‘ jalb qilish istiqbollarini o‘rganmoqda va keyingi konteynerlar uchun mablag‘ to‘plashda davom etayapti", dedi u.
Tadbir davomida joriy yilning birinchi yarmida Qoraqalpog‘istonga umumiy qiymati 2 million dollar bo‘lgan tibbiy jihozlar iborat yanada 4 ta konteyner yetkazib berilishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, "Project C.U.R.E."ning istiqboldagi rejalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2024-2025 yillar davomida O‘zbekistonga umumiy qiymati 10 million dollarlik qo‘shimcha 15 ta konteynerda tibbiy gumanitar yuk jo‘natilishi nazarda tutilmoqda.
"Ishonchim komilki, bugungi qabul nafaqat zarur mablag‘larni to‘plashga yordam beradi, balki Amerikaning keng jamoatchiligi, ishbilarmon doiralari va nodavlat notijorat tashkilotlarini Orol dengizi mintaqasidagi ekologik vaziyatdan xabardor qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi", — dedi Duglas Jekson.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati