Ilk bor “Hizbulloh” va Isroil piyoda askarlari to‘qnashdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 20:45
“Hizbulloh” ilk bor Isroil armiyasining piyoda kuchlari bilan to‘qnashuvga kirishdi. Ushbu jang Isroilning Livanda yerusti operasiyasini boshlashi bilan bog‘liq bo‘lib, mamlakat janubidagi Odaysce qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Bu haqda “Tasnim News” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, bugun, 2 oktyabr kuni tongda “Hizbulloh” kuchlari Odaysce qishlog‘iga kirishga uringan Isroil piyoda kuchlari bilan to‘qnashgan va ularga talafot yetkazib, chekinishga majbur qilgan.

“Livan kuchlari mamlakat janubida Isroil piyoda kuchlari bilan to‘qnashdi. “Islomiy qarshilik” askarlari Isroilning dushman piyoda kuchlari bilan to‘qnashuvga kirishib, ularni Odaysce shahriga, Xallet al-Mahafar hududidan kirishga uringan paytda mag‘lubiyatga uchratib, ularni ortga chekinishga majbur qildi”, deyiladi xabarda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati