Fashistlar G‘azodagi ko‘chirilgan odamlar yashayotgan to‘rtta maktabga hujumlar uyushtirdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 02-10-2024, 19:24
▪️Bosqinchilar G‘azoning markazi va shimolidagi Nuseyrat lageriga hujum qildi. Isroilning so‘nggi 24 soat ichida uyushtirgan hujumlarida kamida 51 kishi halok bo‘ldi, 165 kishi yaralandi. Urush boshlangan 2023 yil 7 oktyabrdan buyon jami 41689 kishi halok bo‘ldi, kamida 96 625 kishi jarohatlangan.
▪️Bir necha soat ichida, kechasi fashistlar G‘azodagi ko‘chirilgan odamlar yashayotgan to‘rtta maktab, jumladan, 1948 yilda tashkil etilgan Al-Aman bolalar uyiga hujumlar uyushtirdi.
▪️Bosqinchilar Bayrutning janubiy chekka hududlariga ikki soat ichida 11 marta zarba berdi. Kun davomida 55 kishi halok bo‘ldi, 156 kishi jarohat oldi.
▪️Eronning bosqinchilarga qarshi ommaviy hujumi 3 ta yirik havo bazasini: o‘nlab F-35 qiruvchi samolyotlari bo‘lgan Nafatim, Hatzrim va Tel Nof havo bazalarini yo‘q qildi. Tel-Avivdagi Mossad shtab-kvartirasi, Metulladagi harbiy baza, Doviyev kazarmasi, Shtoladagi harbiy shtab, Glilot harbiy bazasi va Battiste posyolkasidagi askarlar otryadiga ham zarbalar berildi.
▪️Bugun tongda Hizbulloh Livan bilan chegarada Isroil askarlari bilan jangga kirishdi. Bosqinchilar talafot ko‘rdi va chekinishga majbur bo‘ldi.
▪️“Yafa operasiyasi”. Kecha al-xalillik ikki yosh falastinlik bir askarni pichoqlab, uning qurollarini o‘g‘irlab, Tel-Avivdagi ko‘chmanchilarga qarata o‘t ochgan. 7 ko‘chmanchi halok bo‘ldi, 17 kishi yaralandi.
▪️Ishg‘olchilar vayronalar ostidan 26 nafar yaradorni olib chiqish uchun Xon-Yunisga yo‘l olgan G‘azo fuqarolik mudofaasi kuchlariga qarata o‘t ochdi.
▪️Isroil TIV rahbari Israel Kas BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni Isroilda persona non grata deb e’lon qilish va uning mamlakatga kirishini taqiqlashni ko‘zda tutgan qarorni imzoladi.