O‘zbekiston hududlari va Eronning Busher viloyati o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 20
- Формат: mp4
- Дата релиза: 30-03-2024, 10:24
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Eron o‘rtasida hududlararo hamkorlikni savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy va turizm sohalarida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Eron tomoniga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida axborot berildi.
Xezer Xalili joriy yilning 26-27 yanvar kunlari Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri boshchiligidagi delegasiya tarkibida mamlakatimizga kelganini iliq esga oldi. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi.
"Tangestan Emrooz" kompaniyasi rahbari Eronning Busher viloyatining imkoniyatlari va salohiyati haqida ma’lumot berdi. U Busher va O‘zbekiston hududlari o‘rtasida madaniy sohada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, hunarmandchilik, adabiyot va san’at yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga tayyorligini qayd etdi.