Luis Enrike taktika haqida gapirishdan bosh tortdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 17:50
Seshanba oqshomida "PSJ" o‘z muxlislarini xursand qilmadi. Luis Enrike shogirdlari Chempionlar ligasining 2-turida “Arsenal”ga safarda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yindan so‘ng parijliklarning ispaniyalik murabbiyi jurnalistning taktika haqidagi savoliga javob bermadi.

"Yo‘q, men o‘z taktikamni tushuntirmayman, chunki baribir buni tushunmaysiz. Ko‘p narsani to‘g‘irlash kerak bo‘ladi, lekin men buni tushuntirmoqchi emasman", - dedi Enrike.

"PSJ" navbatdagi o‘yinini 6 oktyabr, yakshanba kuni o‘tkazadi. Shu kuni Luis Enrike shogirdlari Fransiya chempionati doirasida mehmonda “Nissa”ga qarshi bahs olib boradi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati