Neft qulashi mumkin

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 17:24
Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saud, agar OPEK+ davlatlari kelishilgan ishlab chiqarish chegaralariga rioya qilmasa, neft narxi bir barrel uchun 50 dollargacha tushishi mumkinligini aytdi, deb yozadi The Wall Street Journal (WSJ) manbalarga tayanib.

Bu ma’lumot neft bozoridagi mavjud vaziyatni baholash uchun videokonferensiya orqali chorshanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan OPEK+ vazirlar monitoring qo‘mitasi yig‘ilishi oldidan ma’lum qilindi. Nashrning yozishicha, uning ishtirokchilari «dekabr oyida ishlab chiqarish cheklovlarini yumshatish» masalasini muhokama qilmoqchi.

Ar-Riyod bir qancha davlatlarni, jumladan Iroqni neft qazib olishni ko‘paytirishdan ogohlantirdi va ular "OPEK+" oldidagi majburiyatlarini hurmat qilishlari» kerakligini aniq ko‘rsatdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati