Messi jarohati sabab yana bir o‘yinini o‘tkazib yuboradi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 10:20
Argentina terma jamoasi va Mayamining “Inter” klubi hujumchisi Lionel Messi o‘z klubining MLS Amerika ligasidagi navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi, deb xabar beradi Mundoalbiceleste.

Ertaga, 31 mart kuni “Inter Mayami” “Nyu-York Siti” bilan o‘ynaydi, biroq yulduz argentinalik futbolchi avvalroq olgan jarohati tufayli unda ishtirok etmaydi.

Murabbiylar shtabi uni 3 aprel, chorshanba kuni "Monterrey"ga qarshi KONKAKAF Chempionlar ligasi o‘yiniga tayyorlashni maqsad qilgan.

Joriy mavsumda Messi barcha musobaqalarda beshta uchrashuvda ishtirok etib, beshta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati