Anri hozirgi PSJning muammosini aytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 16:22
Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri "Arsenal" - "PSJ" uchrashuvi natijasi haqida fikr bildirdi. Uchrashuvda “kanonirlar” 2:0 hisobida zafar quchdi.

Anrining fikricha, fransuz grandining hujumda kreativligi kam. Bunga Kilian Mbappening jamoani tark etgani sabab bo‘ldi. Marko Verratti o‘rniga haligacha ideal o‘rinbosar topilmadi, Usmon Dembele esa bosh murabbiy Luis Enrikening qarori tufayli maydonga tushmadi.

"Ha, jamoa muvozanatliroq, g‘oya borligi aniq. Lekin jarima maydonchasi va uning atrofida kam ko‘rdik. Bu yerda o‘yinchilar to‘pni nazorat qilishdan boshqa nima qila olishlarini to‘liq bilmaganga o‘xshaydi", - deydi Anri.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati