Mbappe nemis kompaniyasining 10 foizga yaqin aksiyalarini sotib oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 16:08
"Real Madrid" va Fransiya terma jamoasi hujumchisi uy uchun televizorlar, uy kinoteatrlari va dinamik tizimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan nemis elektronika ishlab chiqaruvchisi Loewe Technology kompaniyasi aksiyalarining 10 foizdan ortig‘ini sotib oldi.

Futbolchi kelishuvni o‘zining Coalition Capital investisiya fondi orqali amalga oshirdi.

Loewe bosh direktori Aslan Xabliyev kompaniya kelgusi ikki yil ichida yillik daromadini taxminan 300 million yevrogacha oshirishni rejalashtirayotganini aytdi.

"Kilian biz u bilan birga ishlab chiqqan Bluetooth dinamik bilan bizga katta yordam berdi. Mbappening Fransiya terma jamoasidagi bir qancha jamoadoshlari ham ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mahsulotni ma’qullashlarini bildirishdi", - dedi Xabliyev.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati