Bog‘chalarda yangi lavozim joriy etiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 15:46

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.

???? Unga ko‘ra:

2026-2027-o‘quv yilidan boshlab:

➖ maktabga tayyorlov guruhlarini bitirgan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan o‘tganlik haqida elektron sertifikat berish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

2025 yil 1 avgustga qadar:
➖ maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi hamda maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturlari o‘zaro uzviyligi va muvofiqligi ta’minlanadi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab:
➖maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachi-metodist lavozimi negizida amaldagi mehnatga haq to‘lash shartlarini saqlab qolgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotining direktori o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi;
➖barcha tuman (shahar)larda kamida bittadan tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati