Janubiy Koreya prezidenti harbiy samolyotlarni Yaqin Sharqqa jo‘natishni buyurdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 15:29
Janubiy Koreya mintaqada yashovchi fuqarolarini evakuasiya qilish uchun Yaqin Sharqqa harbiy samolyot yuboradi.

Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti devoni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yaqinda Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilishda Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol o‘z fuqarolarini evakuasiya qilish uchun zudlik bilan harbiy samolyot jo‘natishni buyurgan.

"Prezident eng muhimi, Isroil va Yaqin Sharq mintaqasida joylashgan fuqarolarimizni himoya qilish ekanligini ta’kidlab, barcha zarur choralarni ko‘rishni, xususan, fuqarolarimizni evakuasiya qilish uchun zudlik bilan harbiy-transport samolyotini jo‘natishni buyurdi ”, deyiladi bayonotda.

Davlat rahbari, shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tezda barqarorlashtirish uchun xalqaro hamjamiyat bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishini alohida ta’kidladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati