Finlyandiyadagi muzeyda «Lenin mototsikli» sotuvga qo‘yildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 02-10-2024, 13:24
Finlyandiyaning Tampere shahrida joylashgan, noyabr oyida yopiladigan Lenin muzeyi sovet davrida ishlab chiqarilgan mototsiklni kimoshdi savdosiga qo‘ydi.
1972 yilda ishlab chiqarilgan «Dnepr K-650» yon aravachasi bo‘lgan mototsikl 2016 yildan beri Lenin muzeyida Leninning mumdan yasalgan figurasi bilan birga ko‘rgazmaga qo‘yilgan va u bilan suratga olish mumkin edi.
Auksionda boshlang‘ich bahosi – 740 yevro.
«Finlyandiya-Sovet Ittifoqi» jamiyati tomonidan tashkil etilgan muzey 1946 yil 20 yanvarda Finlyandiyaning Tampere shahrida Lenin vafotining yilligi munosabati bilan ochilgan. 2024 yil aprel oyida muzey o‘zining oxirgi ish kuni 3 noyabr bo‘lishini e’lon qildi.
Lenin muzeyi o‘rnida siyosiy tarix muzeyi tashkil etilishi kutilmoqda, uning ko‘rgazmalari Finlyandiya mustaqilligidan to NATOga qo‘shilishgacha bo‘lgan Rossiya-Finlyandiya munosabatlari tarixiga bag‘ishlangan.