Napoli muxlislari futbolchilarning ko‘zlarini ochishmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 09:50
"Napoli" Xuan Jezus bilan bo‘lgan voqea ortidan irqchilikka qarshi kampaniya boshladi.

Eslatib o‘tamiz, “Napoli” – “Inter” o‘yinidan so‘ng Xuan Jezus Franchesko Acherbini irqchilikka doir so‘zlarni ishlatganlikda ayblagan edi.

Seshanba kuni sport hakami italiyalikning aybi isbotlanmagan deb qaror qildi va u jazodan qutulib qoldi.

Neapol klubi “Napoli” futbolchilarining sukut saqlayotgani aks etgan videoni joylashtirdi. O‘yinchilarning ko‘zlari ko‘rinmaydi, faqat yuzlarining pastki qismlari aks etgandi.

"Biz tenglik va hurmat shunchaki behuda xayol emas, balki aniq va umume’tirof etilgan tamoyillar asosida qurilgan dunyoga ishonamiz.

Bu sodir bo‘lishi uchun biz jim turmasligimiz kerak. Ertaga biz uchun ovozimizni ko‘tarish va birgalikda irqchilikka YO‘Q deyishimiz uchun to‘g‘ri imkoniyatdir", deyiladi video tagida.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati