Undan faxrlanaman – Ten Xag

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 09:48
"Manchester Yunayted"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Kobbi Maynuning muvaffaqiyati uning Angliya terma jamoasidagi debyutiga sabab bo‘ldi. “Qizil iblislar” ustozi Erik ten Xag bu borada fikr bildirdi.

“Menimcha, Maynu Angliya terma jamoasida yaxshi o‘ynadi, biroq biz bundan ajablanmadik. Biz yuqori darajaga qanchalik tez moslasha olishini va ayni paytda tabiiy ko‘rinishga ega ekanligini allaqachon ko‘rganmiz. Men u bilan juda faxrlanaman. Bu "Manchester Yunayted" akademiyasi uchun foydalidir", - dedi Ten Xag juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

"Manchester Yunayted" Angliya Premyer-ligasi doirasidagi navbatdagi o‘yinini 30 mart, shanba kuni safarda "Brentford"ga qarshi o‘tkazadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati