Dovbik bugun dam oladi. Shomurodov uchun imkoniyat

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 12:44
"Roma" bosh murabbiyi Ivan Yurich tig‘iz taqvim tufayli Yevropa ligasi asosiy bosqichining 2-turi doirasida "Elfsborg"ga qarshi o‘yinda rotasiya qiladi, deb xabar beradi RomaPress Corriere dello Sport nashriga tayanib.

Quyidagi asosiy futbolchilar dam olishadi: Paulo Dibala, Janluka Manchini va Lorenso Pellegrini. Ular hali 100% tayyor emas.

Bundan tashqari, nashr Artem Dovbik zaxirada qoldirilishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ukrainalik futbolchining o‘rniga Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli katta.

"Elfsborg" - "Roma" uchrashuvi 3 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati