Eron Rossiya va AQShni hujum haqida ogohlantirdimi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 12:28

Eron Isroilga keng miqyosli raketa zarbasi berishdan oldin Rossiyani yaqinlashib kelayotgan hujum haqida xabardor qilgan. Bu haqda Reuters agentligiga Eron rasmiysi ma’lum qildi.

Bundan tashqari, agentlik xabar berishicha, hujum arafasida Eron ham diplomatik vositachilar orqali Vashingtonni ogohlantirgan.

✍️ Avvalroq 1-oktabr, seshanba kuni Reuters ham amerikalik rasmiylarga tayanib, Eron Livanga bostirib kirishiga javoban tez orada Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilish niyatida ekanligini yozgan edi.

???? Avvalroq Isroil Bosh vazirining idorasi [Binyamin] Netanyaxu Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlashishni so‘ragani haqida xabar bergan edi. Ynet’ning yozishicha, bu suhbatdan maqsad Rossiya rahbarini Tehronga ta’sir o‘tkazishga ishontirish va uni hujumdan qaytarishga urinish bo‘lishi mumkin.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati