Futzal, JCH-2024. Bugundan yarim final bellashuvlari start oladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 11:37
Mamlakatimizda futzal bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionati ham o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Bugun, chempionat doirasida yarim final bahslarining dastlabki uchrashuvi o‘tkaziladi.

Mazkur bosqichdagi ilk o‘yin Ukraina va Braziliya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ertaga, 3 oktyabr kuni esa Argentina hamda Fransiya termalari final yo‘llanmasi uchun kurashadi. Mazkur o‘yinlar poytaxtimizdagi “Humo arena” sport majmuasida mahalliy vaqt bilan 20:00 da boshlanadi.



Ma’lumot o‘rnida: yarim final uchrashuvlarda g‘olib bo‘lgan termalar so‘nggi hal qiluvchi final bahsida jahon chempionligi uchun kurash olib borsa, mag‘lub jamoalar uchinchi o‘rin uchun raqobatlashadi. Bu o‘yinlar 6 oktyabr kuni tashkil etiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati