Adeyemi «Borussiya Dortmund» yana YECHL finaliga chiqishiga ishonmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 10:49
Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Karim Adeyemi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turida Shotlandiyaning «Seltik» klubi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi. «Asalarilar» 7:1 hisobida g‘alaba qozondi va hujumchi xet-trik qayd etdi.

«Men xursandman, jamoa ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Biz yetti marta gol urdik, bu Dortmund uchun Chempionlar ligasida aql bovar qilmaydigan oqshom bo‘ldi. Xuddi shunday o‘ynashda davom etsak, yana finalga chiqish imkoniyati bor. Xet-trik? Men gollarimdan mamnunman, menga eng ko‘p ikkinchi gol yoqdi», - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati.

Ikki o‘yindan so‘ng dortmundliklar olti ochkoga ega bo‘lishdi. 3-turda nemislar Madridning «Real»iga qarshi bahs olib boradi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati