Oktyabr oyi pensiya puli qachon to‘lanadi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 10:26
Yangi oy kirdi, pensiyam plastik kartamga qachon tushadi yoki naqd shaklda qachon olaman kabi fuqarolarda savollar tug‘ilishi tabiiy.

Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari har to‘lov oyining 2-kuniga qadar to‘lov topshiriqnoma (vedomost)lar shakllantiradi va vedomostlar oyning 4-kuniga qadar pensiyani fuqarolarga yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotga taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 maydagi PQ-5102-sonli Qaror bilan, pensiya to‘lovlari uchun talab etiladigan mablag‘larni Pensiya jamg‘armasi har oyning 5-sanasiga qadar pensiya oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga (plastik kartalarga) moliyalashtirilishi belgilangan.

"Xalq banki tomonidan naqd shaklda pensiya oluvchilarning mablag‘lari tasdiqlangan grafiklar asosida sayyor kassalar tomonidan har oyning 4-27 sanalarida mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)ga borgan holda to‘lab berilishini ma’lum qilamiz", - deyiladi Pensiya jamg‘armasi telegram-kanali xabarida.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati