Isroil G‘azodagi HAMAS qo‘mondonlik punktiga ikkinchi marta zarba berganini ma’lum qildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 02-10-2024, 10:16
Bu haqda armiya matbuot xizmati (SAXAL) bayonotida aytilgan.
"Bir muncha vaqt oldin SAXAL razvedka xizmati ko‘rsatmasi bilan Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektorining markaziy qismidagi qo‘mondonlik-nazorat markazidan harakat qilayotgan HAMAS terrorchilariga aniq zarba berdi Sobiq Al-Burayj tayyorgarlik maktabi majmuasi terrorchilar tomonidan Isroil mudofaa kuchlari va Isroil davlatiga qarshi terrorchilik hujumlarini rejalashtirish va amalga oshirishda foydalanilgan”, — deyiladi xabarda.
SAXALning aytishicha, tinch aholiga zarar yetkazish xavfini kamaytirish uchun zarbadan oldin zarur choralar ko‘rilgan. Buning uchun aniq boshqariladigan o‘q-dorilar qo‘llanildi, havodan razvedka o‘tkazildi va qo‘shimcha razvedka ma’lumotlari to‘plandi.
"Bu XAMAS terrorchilik tashkiloti tomonidan fuqarolik infratuzilmasidan xalqaro huquqni buzgan holda muntazam foydalanishining yana bir misolidir”, — dedi armiya matbuot xizmati.