Saliba: Biz bu g‘alabaga haqli edik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 10:12
Uilyam Saliba "Arsenal"ning "PSJ" ustidan qozonilgan g‘alabasi (2:0) haqida gapirdi.

Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi uchrashuvda Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa g‘alaba qozondi.

"Biz bu g‘alabaga haqli edik. Murabbiy ikkala jarima maydonchasida ham yaxshiroq bo‘lishimiz kerakligini aytdi. Imkoniyatlar paydo bo‘lishi bilan biz ulardan foydalandik.

Qiyin lahzalar bo‘lganida, biz birgalikda o‘zimizni himoya qila oldik. Dembelening yo‘qligi biz uchun yaxshi bo‘ldi. Biz ularda uning o‘rnini bosa oladigan boshqa o‘yinchilar borligini bilardik, lekin biz o‘zimizga e’tibor qaratdik", - dedi "Arsenal" himoyachisi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati