Elit OCHL. «Paxtakor» pley-offga chiqa oladimi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 10:11
OFK Elit chempionlar ligasi G‘arb mintaqasida 2-tur yakunlandi. "Paxtakor" 1 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi. Klublar guruh bosqichida yana 6tadan o‘yin o‘tkazishadi. Dastlabki 8 ta o‘rinni egallagan jamoa pley-off bosqichiga chiqadi.Nimchorak finalga qur’a tashlanmaydi, balki quyidagi juftliklar hosil qilinadi:1-o‘rin — 8-o‘rin2-o‘rin — 7-o‘rin3-o‘rin — 6-o‘rin4-o‘rin — 5-o‘rin."Paxtakor" keyingi bosqichda kuchli raqibga duch kelmasligi uchun yuqoriroq o‘rinni egallagani yaxshi. 1/8 final bosqich 2 ta o‘yindan iborat bo‘ladi. Guruhlardagi o‘rinlar esa quyidagi tamoyillar asosida aniqlanadi:1) ochkolar soni;2) to‘plar farqi;3) gollar soni;4) g‘alabalar soni;5) ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lib qolgan ikki jamoa so‘nggi turda o‘zaro to‘qnash kelib qolgan bo‘lsa, penaltilar tepiladi;6) "halol o‘yin" qoidasi (sariq va qizil kartochkalar hisob-kitob qilinadi);7) qur’a. "Paxtakor"ning guruh bosqichidagi qolgan o‘yinlari:21 oktyabr. "Ash-SHorta" (Iroq) - "Paxtakor"4 noyabr. "Paxtakor" - "Ar-Rayyan" (Qatar)25 noyabr. "Istiqlol" (Eron) - "Paxtakor"3 dekabr. "Paxtakor" - "Al-Ayn" (BAA)3 fevral. "Al-G‘arafa" (Qatar) - "Paxtakor"17 dekabr. "Paxtakor" - "As-Sadd" (Qatar).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati