«Brest» YECHLning ikki o‘yinidagi g‘alaba orqali klub byudjetining 8,75 foizini to‘ldirib oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 09:48
«Brest» Chempionlar ligasidagi ikkita g‘alaba uchun 4,2 million yevro oladi - bu klub budjetining 8,75 foizi.

Fransiya klubi UYEFA Chempionlar ligasining umumiy turnirini «Shturm» (uyda, 2:1) va «Red Bull Zalsburg» (4:0, mehmon) ustidan qozonilgan g‘alabalar bilan boshladi.

Bu bosqichdagi har bir g‘alaba 2,1 million yevro olib keladi. "RMC Sport" ma’lumotlariga ko‘ra, 2 g‘alaba uchun 4,2 million klubning yillik operasion budjeti 48 million yevroning 8,75 foizini tashkil qiladi.

Shuningdek, 4,2 million yevro klub futbolchilarning olti oylik umumiy maoshi (oylik ish haqi fondi 700 ming yevroga baholangan) ekvivalenti ekanligi qayd etilgan.

O‘tgan mavsumda «Brest» Liga 1da 3-o‘rinni egallagan. Joriy mavsumda jamoa 6 o‘yindan keyin 6 ochko bilan turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati