Marokash 2030 yilgi jahon chempionati finali uchun da’vogarlik qilmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 09:32
Marokash 2030 yilgi jahon chempionati uchun qurishni rejalashtirgan yangi stadion loyihasini taqdim etdi.

The Sun nashrining yozishicha, stadion "Grand Stad de Kasablanka" deb nomlanadi. Arena tribunalari 115 ming tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, bu dunyodagi boshqa stadionlardan ko‘p. Stadion Al-Mansuriya shahrida quriladi.





Marokashliklar ushbu stadion qurilishi bilan 2030 yilgi jahon chempionati finalini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritmoqchi. Ispaniya tomoni ham finalni Madrid yoki Barselonada o‘tkazishga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha jahon chempionati ilk bor uch qit’ada va oltita davlatda o‘tkaziladi. 2030 yilgi jahon chempionatidagi aksariyat o‘yinlar Marokash, Ispaniya va Portugaliyada o‘tkaziladi.
Janubiy Amerikada uchta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Ochilish o‘yini Urugvayda bo‘lib o‘tadi va mahalliy terma jamoa ishtirok etadi.
Xuddi shu narsa Argentina va Paragvay terma jamoalarining guruhdagi dastlabki o‘yinlariga ham tegishli - ular o‘z vatanlarida ochilish o‘yinlarini o‘tkazishadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati