Andijon legioneri Kubok finalidan so‘ng Tailandga yo‘l oladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 09:12
Xabaringiz bo‘lsa kerak, FIFA kunlari munosabati bilan milliy birinchiliklar to‘xtatildi. Shu jumladan, Superliga ham. “Andijon” jamoasi esa O‘zbekiston Kubogi finali uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti. Qolgan barcha klublar esa bir necha kunlik tanaffusga chiqishgan.

Shuni aytib o‘tish kerakki, FIFA kunlari munosabati bilan “Andijon”ning tojikistonlik legioneri Shaxrom Samiyevga yana o‘z milliy terma jamoasiga taklif keldi.

Gap shunaki, Tailandning Songkla shahrida “50-qirol kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tadi va Tojikiston milliy termasi ham unga taklif etilgan. Shaxrom 6-16 oktyabr kunlari uchun mazkur turnirga chaqirildi. Unda 4 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Shu munosabat bilan Kubok finalidan so‘ng Samiyev Tailandga yo‘l oladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati