Liverpul Klopp o‘rniga asosiy nomzodni aniqladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 09:24
Lissabonning “Sporting” klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim “Liverpul”da bu lavozimga asosiy nomzodga aylandi. Mersisaydliklar rahbariyati Yurgen Kloppning o‘rniga "Bayer" ustozi Xabi Alonsoni ko‘rgan, biroq ispaniyalik yana kamida bir mavsum Leverkuzenda qolishga qaror qilgan.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Ruben Amorim endi "Liverpul" uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. Angliya grandi vakillari portugaliyalikning "Sporting" bilan amaldagi shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli bandidan xabardor.

Ruben Amorim “Sporting”ni 2020 yildan buyon boshqarib kelmoqda. 39 yoshli murabbiyning shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati