Gruziya terma jamoasi darvozaboni Milanga o‘tishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 09:22
"Valensiya"ga tegishli bo‘lgan Gruziya terma jamoasi darvozaboni Giorgi Mamardashvili klubini o‘zgartirishi mumkin. Tuttosport.com xabariga ko‘ra, "Milan" darvozabon xizmatiga qiziqish bildirmoqda va Mayk Menyanga o‘rinbosar qidirmoqda.

Italiya klubi fransiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida hozircha kelisha olmayapti. Mamardashvili 2022 yildan buyon ispan klubida o‘ynaydi.

Uning "ko‘rshapalaklar" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan va transfer narxi 35 million yevroga baholanmoqda. Joriy mavsumda gruziyalik darvozabon Ispaniya chempionatida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol o‘tkazib yuborgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati