Germaniya kansleri Putin bilan gaplashib olmoqchi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-10-2024, 00:01
Germaniya kansleri Olaf Shols deyarli ikki yil ichida ilk bor prezident Putin bilan telefon orqali muloqot qilmoqchi, deb yozadi Die Ziet o‘z manbalariga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noyabr oyida Braziliyada bo‘lib o‘tadigan G20 yig‘ilishi oldidan Shols va Putin o‘rtasida telefon suhbati o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Biroq, xabarlarga ko‘ra, Germaniya hali qo‘ng‘iroqni tashkil etish bo‘yicha so‘rov yubormagan.

Shols va Putin o‘rtasidagi so‘nggi telefon suhbati 2022 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan.

Agar ularning suhbati bo‘lib o‘tsa, Shols 2022 yildan beri Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashgan Ukraina bilan ittifoqchi davlatning birinchi rahbariga aylanadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati