“Bomba boshpanalariga kiring”: Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 23:16
Hozirgi vaqtdagi intensiv raketa otishmalari munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi fuqarolarimizga murojaat qildi.

Hozirgi vaqtdagi intensiv raketa otishmalari munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qiladi:

1. Raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kiring.

2. Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qo‘mondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qiling.

3. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yuring.

Agar sizga shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qiling:
• Favqulodda yordam telefonlari :
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati