Fernando Torres Germaniya klubini qabul qilib olishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 23:11
Ispaniya terma jamoasi va Yevropaning bir qator top klublarining sobiq hujumchisi Fernando Torres Germaniyada murabbiy sifatida ishlashi mumkin. Bu haqda "OneFootball" portali sahifalarida xabar berildi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis xizmatlariga Gelzenkirxenning «Shalke» klubi qiziqmoqda. Hozirda Fernando Madridning «Atletiko» klubi yoshlar jamoasini boshqarmoqda.

Bu mavsumda «Shalke» ikkinchi Bundesligada o‘ynamoqda. Ikkinchi liganing yetti turidan so‘ng jamoa yetti ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati