«Real» La ligani ayblab chiqdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 22:59
«Real» Ispaniya chempionatining 8-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Atletiko"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Madrid derbisida yuz bergan voqealar yuzasidan La ligani ayblab chiqdi. «Atletiko» – «Real Madrid» bahsi paytida (1:1) mezbon jamoa muxlislari Tibo Kurtuaga turli buyumlarni uloqtirishi natijasida o‘yin 15 daqiqaga to‘xtatib qo‘yildi. Mazkur o‘yinga mas’ul bo‘lgan organlar esa muxlislar tomonidan sodir etilgan tartibsizlarni, «Madrid» futbolchilariga nisbatan haqoratlarni bayonnomada aks ettirmadi. "Real" esa La ligaga maktub yo‘llab, qoidabuzarliklar tegishli bayonnomalarda aks ettirilmaganidan norozi ekanini ma’lum qildi. Bundan tashqari, muxlislar Vinisiusni "maymun" deya haqorat qilishgani, Kurtuaga esa "O‘lib ket!", deya baqirishgani bayonnomalarga kiritilmagan.Shuningdek, "Qirollik klubi" futbolchilarini butun o‘yin davomida haqorat qilgan "Frente Atlético" fan-klubiga "Atletiko" o‘yinchilarda uchrashuvdan keyin minnatdorchilik bildirgani "Real" klubiga yoqmadi. Mazkur voqealar tegishli hujjatlarda aks ettirilmagan bo‘lsa-da, "Real" "Atletiko"ning jazolanishini istamoqda.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati