Borussiya va Nyukasl Yuventus futbolchisi uchun kurashadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 09:16
"Roma"da ijara asosida o‘ynayotgan "Yuventus" markaziy himoyachisi Din Xeysen yozda klubini o‘zgartirishi mumkin. Niderlandiyalik futbolchi mavsum oxirida "byankoneri"ga qaytadi, ammo turinliklar uchun jozibador taklif tushsa, tez orada sotilishi mumkin.

De Telegraaf xabariga ko‘ra, Xeysenga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda, shuningdek, 18 yoshli futbolchi uchun Angliyaning "Nyukasl" klubi ham da’vogarlik qilmoqda. "Roma" ham umidli futbolchining ijara muddatini yana bir mavsumga uzaytirmoqchi.

Transfermarkt Din Xeysenning narxini 10 million yevroga baholagan. Himoyachining "Yuventus" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati