Serxio Ramos Misr klubi taklifiga javobini aytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 22:50
Ispaniya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi sobiq himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini Misr chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega edi. Yulduz futbolchining transferiga «Zamalek» qiziqish bildirgan.

"Marca" nashri xabariga ko‘ra, Ramos klub vakillari bilan muzokaralar olib borgan, biroq natijada tomonlar hamkorlik bo‘yicha kelisha olmagan. Serxioni kelishuvning moliyaviy qismi qoniqtirmadi.

38 yoshli himoyachi hozirda erkin agent hisoblanadi. Ramosning oxirgi ish joyi «Sevilya» bo‘lgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati