«Atletiko» va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Madrid derbisida miyasidan jarohat oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 22:42
Madridning «Atletiko» klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Robin Le Norman «Real»ga qarshi derbida jarohat oldi. Futbolchi boshi bilan to‘qnashuv natijasida jarohat olgan. Le Norman tekshiruvdan o‘tkazildi va unga bosh miya jarohati tashxisi qo‘yildi. Bu haqda «matraschilar» matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Le Norman Madrid derbisining so‘nggi daqiqalarida boshidan qattiq zarba oldi, shu sabab u bir qator testlardan o‘tdi va mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi va u subdural gematoma bilan miya travmatik jarohati olgani aniqlandi», - deyiladi klub bayonotida.

«Atletiko»ning ta’kidlashicha, Le Normanni tiklash jarayonida klub ushbu turdagi jarohatlar uchun ishlab chiqilgan maxsus protokol va tavsiyalarga amal qiladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati