Ten Xagning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiy ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 21:25
"Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xag jamoani tark etsa, uning o‘rnini egallaydigan mutaxassis ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Tottenxem"dan uchralgan mag‘lubiyatga qaramay, bosh murabbiy o‘z joyida qoladi. 54 yoshli mutaxassis "Portu" va "Aston Villa"ga qarshi bahslardan avval jiddiy bosim ostida.

Klub rahbariyati vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishini xohlayapti, ammo shoshilinch qaror qabul qilmasdan, hammasini jiddiy ko‘rib chiqmoqchi.

"Yunayted"dagilarning fikricha, vaziyat va natijalar o‘zgarmasa, murabbiy almashadi. Qisqa muddat uchun eng yaxshi variant sifatida ten Xag assistenti Rud van Nistelroyni ko‘rishmoqda.

Ten Hag shogirdlari APLda 6-turdan so‘ng 7 ochko to‘plab, 12-o‘rinni egallab turibdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati