Yaponiyada muddatidan oldin saylovlar o‘tkaziladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 01-10-2024, 21:05
67 yoshli Shigeru Ishiba 27 sentyabr kuni YALDP rahbari etib saylangan edi. Ovoz berish ikki turda bo‘lib o‘tdi, chunki dastlab to‘qqiz nomzodning hech biri ko‘pchilik ovoz to‘play olmagan. Ishiba 1 oktyabrda parlament tomonidan tasdiqlangach, mamlakatning yangi bosh vaziri bo‘lishi kutilmoqda.
U YALDP raisi etib saylanganidan beri Tokio fond birjasida Nikkei fond indeksi to‘rt foizga tushib ketdi, chunki siyosatchi inflyasiyaga qarshi kurashish uchun qat’iy pul-kredit siyosati va foiz stavkalarini oshirish tarafdori sifatida ko‘riladi.