O‘zbekiston kubogi finalini boshqaradigan saudiyalik hakam haqida nimalarni bilasiz?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 19:33
Ma’lumki, bu yilgi O‘zbekiston Kubogi finaliga har qachongidan qiziqish o‘ta yuqori darajada. Barcha kutayotgan «Navbahor» hamda «Andijon» o‘rtasidagi o‘yinni esa xorijlik hakamlar boshqarishidan xabaringiz bor. Saudiya Arabistonilik Xolid Solih al-Turais haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.U 1987 yilning 30 aprel sanasida tavallud topgan. Hakamlik faoliyatini 2008 yildan boshlagan. 2016 yildan esa FIFA referisiga aylangan. Bu yilgi mavsumda u shu kungacha 16 ta turli darajadagi uchrashuvlarni boshqargan. Saudiyalik hakam o‘zi boshqargan o‘yinlarda futbolchilarga jami 60 ta sariq kartochka ko‘rsatgan va 4 marta maydondan chetlatgan. Shuningdek, 6 ta bahsda penalti belgilagan. E’tiborlisi, Xolid Solih al-Turais o‘zi bosh hakamlik qilgan barcha bellashuvlarda kamida bitta bo‘lsa ham sariq kartochkasini ko‘rsatgan. Ko‘rinib turibdiki, u maydonda juda qattiqqo‘l va tartib-intizomni birinchi o‘ringa qo‘yadi. 22 avgust kuni Saudiya Arabistoni pro ligasi doirasida «Al Nassr»ning «Al Rayed»ga qarshi uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlangan. Jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu al-Turaisning belgilagan penaltisidan keyin gol urgan. Shuningdek, o‘sha bahsda bosh hakam Ronalduning golini VAR orqali bekor ham qilgan. Ma’lumot uchun, al-Turais 2023 yilgi Osiyo Kubogida O‘zbekiston hamda Tailand o‘rtasidagi uchrashuvda AVAR hakami bo‘lib ishlagan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Kubogi finallarining ikkitasida ham xorijlik hakamlar ishlashgan. 2014 yili «Bunyodkor» – «Lokomotiv» (0:1) o‘rtasidagi uchrashuvni koreyalik Kim Dong Jin boshqargan bo‘lsa, 2017 yilda ham yana «Bunyodkor» va «Lokomotiv» (0:1) to‘qnashuvida Muhammad Abdulla Hasan referilik qilgan.  Xolid Solih al-Turaisning joriy mavsumdagi boshqargan barcha o‘yinlari20 fevral. OCHL. 2003-2004. 1/8 final. «Poxan Stilers» (J.Koreya) – «Chonbuk Motoros» (J.Koreya) – 1:1. 3 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.15 mart. Saudiya Arabistoni Pro ligasi. «Al Tai» – «Al Ittifoq» – 1:1.5 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ko‘rsatgan.12 mart. JCH-2026. 2-saralash bosqichi. Janubiy Koreya – Tailand – 1:1.1 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.3 aprel. Saudiya Arabistoni Pro ligasi. «Al-SHabab» – «Al Riyod» – 1:0.2 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.20 aprel. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.«Al Uxud» – «Damas FK» - 1:24 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.4 may. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.«Al Tai» – «Al Xalej» – 0:03 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.17 may. Saudiya Arabistoni Pro ligasi«Al Ittifoq» – «Al Uxud» – 1:12 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ko‘rsatgan. 23 may. Saudiya Arabistoni Pro ligasi«Al Riyod» – «Al Nassr» – 2:23 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ko‘rsatgan.27 may. Saudiya Arabistoni Pro ligasi«Al Tai» – «Al Uxud» – 0:26 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.11 iyun. JCH-2026. 2-saralash bosqichi.Avstaraliya – Falastin – 5:04 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.22 avgust. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.«Al Nassr» – «Al Rayed» – 1:18 ta sariq kartochka ko‘rsatgan28 avgust. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.«Al Ittifoq» – «Al Uxud» – 1:01 ta sariq kartochka ko‘rsatgan5-sentyabr. JCH-2026. 3-saralash bosqichi.Iroq – Oman – 1:02 ta sariq va 1 ta qizil kartochka13-sentyabr. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.«Al Tavuun» – «Al Xalej» – 2:08 ta sariq kartochka ko‘rsatgan17-sentyabr. OCHL Elit 20042005.«Shandong Tayshan» – «Sentral Kost Mariners» – 3:1.5 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.27-sentyabr. Saudiya Arabistoni Pro ligasi.«Al Qodisiya» – «Al Axli» – 1:03 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati