Meni Falastin masalasi tashvishga solayotgani yo‘q, lekin mening xalqim xavotirda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 18:45
Amerikaning The Atlantic jurnali Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmondan bosqinchi isroil bilan munosabatlarni normallashtirish jarayonining borishi haqidagi bayonotini taqdim etdi.

Voris AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda Falastin masalasi va G‘azodagi vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Muhokama chog‘ida shahzoda isroilning G‘azoda «terrorizm» deb ataydigan narsaga qarshi bosqinchilik (qirg‘in) amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, bunday harakatlar har 3, 6 oyda yoki yiliga bir marta qisqa muddatlarda amalga oshirilishi mumkinligini taklif qildi.

Shu bilan birga, u ichki va xalqaro tanqidlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun bunday operasiyalar normallashtirish kelishuvlari imzolangandan so‘ng darhol boshlanmasligi kerakligini ta’kidladi.

Valiahd shahzoda o‘z qirolligidagi demografik vaziyatga ham e’tibor qaratib, aholining 70 foizi undan yoshroq ekanligini ta’kidladi. Aksariyat yshlar Falastin masalasi haqida juda kam ma’lumotga ega, deydi u, mojaro ularning e’tiboriga birinchi marta tushmoqda.

«Shaxsan meni Falastin muammosi qiziqtirmaydi, lekin mening xalqimni qiziqtiradi», deb qo‘shimcha qilgan Muhammad bin Salmon.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati