• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Bishkekda Xitoy − Qirg‘iziston − O‘zbekiston temiryo‘lini qurish kompaniyasi ta’sis etildi

Bishkekda Xitoy − Qirg‘iziston − O‘zbekiston temiryo‘lini qurish kompaniyasi ta’sis etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 17:58
Bishkekda Xitoy − Qirg‘iziston − O‘zbekiston temir yo‘lini qurish bo‘yicha kompaniya ofisi ochildi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

Qirg‘iziston bosh vaziri Aqilbek Japarov mamlakatda ushbu loyiha yuqori baholanishini va uni «asr qurilishi» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu temir yo‘l qurilishi Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi.

«Bu tarixiy voqeaga yetib borish uchun katta va samarali ishlar qilindi. Lekin ta’kidlash joizki, bu loyihani to‘laqonli amalga oshirish yo‘lidagi ilk qadam, oldimizda katta vazifalar turibdi. Shu bilan birga, xitoylik va o‘zbekistonlik hamkasblarimizning boy tajribasiga tayanib, ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bu ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlaymiz», — dedi u

O‘zbekiston tomonidan «Xitoy − Qirg‘iziston − O‘zbekiston» temiryo‘l kompaniyasi ofisining ochilish marosimida transport vaziri Ilhom Mahkamov va «O‘zbekiston temir yo‘llari» boshqaruvi raisi Zufar Narzullayev ishtirok etdi.



Iyul oyida prezident Xitoy − Qirg‘iziston − O‘zbekiston temiryo‘lini qurish bo‘yicha loyiha kompaniyasi ustav fondiga 255 million dollar ajratish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shundan 14 mln dollari joriy yil yakuniga qadar yo‘naltirilishi kerak.
«Gazeta.uz» bilan suhbatda Transport vazirligi vakili yozda qo‘shma kompaniyada Xitoyning ulushi 51 foizni, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning ulushi esa 24,5 foizni tashkil etishini ma’lum qilgandi. Uning ta’sischilari sifatida Xitoyning China Railway International Co., Ltd, Qirg‘izistonning «Qirg‘iz temir yo‘li» va O‘zbekistonning «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyalari ishtirok etdi. Qirg‘iziston o‘z byudjetida 11 mlrd so‘m (taxminan 130,5 mln dollar) ajratishni rejalashtirgan.
«Xitoy hududida temiryo‘l qurilishi to‘liq amalga oshiriladi va Xitoy tomonidan moliyalashtiriladi. Qolaversa, ular ham Qirg‘iziston ichidagi ushbu jarayonlarda ishtirok etadi. O‘zbekistonda loyihaga qo‘shilish uchun 10 kilometrga yaqin yo‘l qurish kerak. Ishlarning asosiy qismi Qirg‘izistonda», — dedi suhbatdosh.
Loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etish rejalashtirilmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati