200 million yevro: Dunyoning eng qimmat futbolchisi aniqlandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 17:12
Nufuzli "Transfermarkt" portali mutaxassislari Angliya Premyer-ligasida to‘p tepayotgan ba’zi futbolchilarning narxlarini yangiladi. «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland 20 million yevroga qimmatlashdi va hozir 200 million yevroga baholanmoqda.

Shu tariqa Xoland dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi. Avvalroq norvegiyalik bu maqomni Jud Bellingem, Vinisius Junior va Kilian Mbappe bilan bo‘lishib turgandi - «Real» uchligi 180 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024/2025 yilgi mavsumda Erling Xoland sakkizta o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol urgan. Seshanba kuni «Manchester Siti» Chempionlar ligasi doirasida «Slovan»ga qarshi bahs olib boradi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati