«Real» Tchuameni bo‘yicha «Liverpul» taklifini tinglashga tayyor

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 17:07
Madridning «Real» klubi «Liverpul»ning Orelyen Tchuameni transferi bo‘yicha taklifini tinglashga tayyor. "Fichajes" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar fransiyalik futbolchi uchun 75 million yevro miqdorida tovon puli to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Tchuameni 2022 yilning yozida Fransiyaning «Monako» klubidan «Real»ga o‘tgan edi. O‘sha transfer oynasida «Liverpul» ham Orelyenni sotib olishga qiziqqan edi, ammo yarim himoyachi «Santyago Bernabeu»ga o‘tishga qaror qildi.

24 yoshli Tchuameni joriy Ispaniya chempionatida 7 ta o‘yin o‘tkazdi, biroq birorta ham samarali harakatni amalga oshira olmadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati