Kurtua jazolanmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 15:11
Tibo Kurtua "Atletiko" bilan derbidagi shov-shuvli epizoddan keyin jazolanmaydi.

La Liganing 8-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Real Madrid" uchrashuvi (1:1) muxlislarning tribunadagi xatti-harakatlari tufayli 15 daqiqaga to‘xtatildi. Ulardan ba’zilari haqoratomuz shiorlar aytishdi, shuningdek, Kurtuaga qarata narsalar otishdi va "Real" darvozaboniga o‘lim tilashdi.

Undan oldin belgiyalik futbolchi Eder Militaoning golini nishonlash uchun darvoza ortidagi tribunalar tomon burilib: "Yo‘qollaring!" deb baqirdi. Jarima maydonchasiga birinchi ob’ekt uchib kirgach, Kurtua qo‘lini tribunalar tomon siltab, muxlislarni g‘azablantirdi.

Marca.com nashri xabariga ko‘ra, Kurtua voqea natijasida hech qanday jazoga tortilmaydi. Uchrashuvning bosh hakami Mateo Buskets Ferrer o‘yin hisobotida "Real" darvozaboni xatti-harakatlarini aks ettirmadi. La Liga va Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi delegatlarining hisobotlarida ham Kurtuaning xatti-harakatlari haqida hech qanday gap yo‘q, ya’ni musobaqa qo‘mitasi darvozabonni jazolay olmaydi.

Qayd etilishicha, "Atletiko" Kurtuaning xatti-harakatidan shikoyat qilishi mumkin, ammo klub buni rejalashtirmayapti.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati