Xavi: Men hamma narsani uzoq vaqt oldin hal qilgandim

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 15:05
Xavi jamoani 2021 yilda boshqargan va 2023/24 yilgi mavsum oxirida jamoani tark etgandi. U kataloniyaliklar bilan La Liga va Ispaniya Superkubogini yutgan.

Xavi 27 yanvar kuni "Vilyarreal"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (3:5) matbuot anjumanida mavsum yakunida faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Keyinroq klub rahbariyati murabbiy qolayotganini ma’lum qildi, ammo yakunda yozda Xavini Xans-Diter Flik almashtirdi.

El Chiringuito dasturida 28 yanvar kuni murabbiy "Barsa" o‘yinchilariga iste’foga chiqishini e’lon qilgan videolavha namoyish etildi.

"Hammaga salom. Oson kun emas, birinchidan, kechagi yomon natija tufayli. Biz hamma narsani tahlil qilamiz va nima bo‘lganini ko‘ramiz.

O‘yindan keyingi matbuot anjumani oldidan sizga hech narsa aytmaganimdan afsusdaman. Men hamma narsani uzoq vaqt oldin qaror qildim. Bu kechagi mag‘lubiyatdan keyingi tuyg‘ular emas. Men muammoga aylana boshladim", - degan edi Xavi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati