«Beshiktosh»ni jarlikdan olib chiqqan Hasan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 15:01
Turkiya Superligasidagi mavsum startida «Beshiktosh» eng yorqin va samarali o‘yinni namoyish etmoqda.

Jamoa Turkiya Superkubogi uchun kechgan bahsda «Galatasaroy»ni 5:0 hisobida mahv etdi, «Lugano»dan ustun kelish (3:3, 5:1) evaziga YELning guruh bosqichiga chiqdi. Ichki chempionatda esa, o‘z darvozasidan 4ta gol o‘tkazib, 11ta gol urgan holda turnir jadvalining kuchli  uchligini yopib turibdi.

Yangi bosh murabbiy Jovanni van Bronkxorst rahbarligida Chiro Immobile (8ta gol), Rafa Silva (4+3) va Jedson Fernandesh (5+1) kabi o‘yinchilar sermahsul o‘yin ko‘rsatishmoqda. 6-turdan keyin «Beshiktosh» futbolchilarning o‘rtacha reytingi bo‘yicha (6,93) Superligada yetakchilik qilmoqda. Mavsum yaqinda boshlanganiga qaramasdan, sermahsul va sermazmun to‘p surayotgan «Beshiktosh» chempionlikka erishsa va YELda uzoqqa borsa, ajablanmaymiz. Yarim yil avval buni tasavvur qilish qiyin edi. Chunki u paytda Hasan Arat klub prezidenti emasdi.

«Beshiktosh» tarixidagi tub burilish

2023 yil noyabrida «Beshiktosh» YEKLda «Bryugge»dan 0:5 hisobida yengilib, guruhdan chiqish imkoniyatini boy bergandi. Ichki chempionatda esa 13-turdan keyin «Galatasaroy» va «Fenerbaxche»dan 9 ochkoga ortda qolib ketgan va atigi bir necha oy ichida 3 marta murabbiy almashtirgandi. Oqibatda, «Bryugge»dan qabul qilingan sharmandali mag‘lubiyatdan keyin muxlislar klub prezidenti Axmet Nur Chebidan iste’foga chiqishni talab qilishdi. 3 dekabrda bo‘lib o‘tgan nav­batdan tashqari saylovda prezidentlik lavozimini Hasan Arat egalladi.

Mavsumning ikkinchi yarmini «Beshiktosh» o‘ta omadsiz o‘tkazdi: derbida «Fenerbaxche»dan 2 marta, «Galatasaroy»dan yana bir marta va «Pendikspor»dan yirik (0:4) hisobda yengilib, marraga 6-pog‘onada yetib keldi. Lekin tiklanish jarayoni aynan 3 dekabr sanasida Aratning tashrifi bilan boshlandi.
«Beshiktosh»ga yarim  yilda 2ta sovrinni olib bergan Hasan Arat kim o‘zi?
Hasan Arat hozir 64 yoshda, o‘zi adanalik, Istanbul universitetining biznes-bosh­qaruv fakultetida tahsil olgan. Yoshlik davrida Arat professional basketbolchi bo‘lgan va faoliyatini «Adana Demirspor» klubida boshlagan. 1977-1981 yillarda «Beshiktosh» sharafini himoya qilib, 28 yoshda biznes bilan shug‘ullana boshlagan. 90-yillarda Hasan Arat ikki marta «Yil biznesmeni» mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Basketboldagi faoliyatidan keyin Arat turli tashkilotlarda ishladi. Jumladan, ko‘chmas mulk savdosiga ixtisoslashgan Novo Invest kompaniyasida direktorlar Kengashining raisi lavozimiga ko‘tarildi va tez orada London va Istanbulda o‘z shtab-kvartiralari bo‘lgan Dome Group firmasiga asos soldi. Sport menejmenti sohasida Arat 2020 yilda Turkiyada bo‘lib o‘tgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga rahbarlik qilgan.
Aratning asosiy prinsipi - xolisona munosabat. Klub prezidenti lavozimini egallagan Hasan Arat muxlislar bilan uchrashish va ularning taklif, talab-istaklari bilan tanisha boshladi. Bundan tashqari, klub rahbariyatidagi o‘zgarishlar moliyaviy masalalarga oydinlik kiritishni talab etdi. O‘tgan mavsumda «Beshiktosh» oxirgi ikki murabbiy - Fernandu Santush va Riza Chalimboyga qachon va qancha jarima to‘lagani haqida bayonotni e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, moliyaviy faoliyatni ro‘y-rost oshkor etish ham aynan yangi prezidentning tashabbusi ekan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati