Shoxruh Abduxalilov: AKE brendi haqida

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 13:41
O‘zbekistonda milliy brendlar ko‘p bo‘lgani bilan, ular orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgani, rivojlanib, o‘z faoliyatini kengaytirayotganlari kam. Ular orasida eng tilga tushgan brendlardan biri “AKE” brendidir. Bugungi suhbatdoshimiz mazkur “Ake” brendi asoschisi Shohruh Abduxalilovdir.

⎯ Aka brendi hozirgi kunda o‘z nomi ostiga bir necha tashkilotlarni jamlagan. Jumladan, 2022 yilda Ake consulting va Ake fx Forex ochilgan. Keyin 2023 yilda Ake logustics ga asos solingan. 2024 yildan esa, Ake water o‘z faoliyatini boshladi.

⎯ Ularning faoliyati haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz.

⎯ Ake consulting orqali iqtidorli yoshlarni xorijga o‘qishga yuborish bilan shug‘ullaniladi. Ake fx Forex orqali esa, dunyo moliya birjasiga o‘qitiladi. Albatta, o‘qish uchun tanlab olinganlarni iqtidoriga qaraladi.

⎯ Ake logustics va Ake water -chi?

⎯ Ake logustics bu Amerikan truck company bo‘lib, uning bazasida 30 truck bor. Ake water esa, shu yil ishga tushirilgan gazsiz suv ishlab chiqaruvchi kompaniya! U yerda kuniga 200 tonna gazsiz suv ishlab chiqariladi!
⎯ Biznesdan tashqari, yana nimalarga qiziqasiz?
⎯ Avtomobillarga! . Ilk mingan mashinam Malibu 1 rusumida bo‘lib, uni o‘zi mehnat qilib topgan pullarimga sotib olganman. Keyinchalik Malibu 2, Mersedes bens, Korvet, Taxoye avtomobillarini sotib olib minganman. Ayni vaqtda Gelandewagen(Gelik) avtomobili egasiman. Avtomobillar borasija o‘z qarashlarim bor.
⎯ Tadbirkor sifatida brend tashkil etish va uni rivojlantirishda eng muhimi nima, deb o‘ylaysiz?
⎯ Birinchi navbatda ko‘p ta’kidlayman, bu bilim! Bilimsiz inson, hech narsaga erisholmaydi! Shuning uchun ham, men juda ko‘p o‘qiganman. Yashirmayman, avvaliga Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti qoshidagi Akademik liseyini bitirganman. Keyin Yodju universiteti, Londondagi West London universiteti, so‘ng, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkentdagi filialida tahsil olganman. Keyin o‘qishni tugatib, o‘z bilimim va kuchimga tayangan holda ish boshlaganman. Ayrim tadbirkorlarning xatosi, “tadbirkorlik uchun bilim kerakmas, o‘qimasa ham bo‘ladi” deb, o‘ylashadi. Yo‘q! Bilimsiz, uzoqqa borib bo‘lmaydi! Ake brendiga asos solish uchun ham, qancha izlanganman. Nimadan boshlash kerak? Ayni vaqtda O‘zbekiston va Jahon bozoriga nima yetishmayapti va nimadan daromad topish mumkin? Bu jihatlarni alohida analiz qilib chiqqanman! Albatta, Ake brendini yaratish uchun, juda ko‘p izlanganman! Natijada o‘z maqsadlarimga erishdim. Bugungi kunda esa, o‘z brendim yordamia, o‘zim kabi bilim olishga intilgan, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlab kelyapman. Kelajakdagi rejalarim,biznes va treyding yo‘nalishida o‘ziga xos yangi, muvaffaqiyatli katta xalqaro loyihalarni amalga oshirish va yurtimiz rivojiga o‘zimning munosib hissamni qo‘shishdan iborat.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati