Trampga suiqasd: sudlanuvchi Rayan Raut aybini tan olishdan bosh tortdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 13:24

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirishda ayblanayotgan 58 yoshli Rayan Raut aybini tan olishdan bosh tortdi.

AQSh prokuraturasiga ko‘ra, sentyabr oyi o‘rtalarida Raut Floridadagi «Trump International» golf-klubi hududidan optik ko‘rish moslamasi bilan jihozlangan avtomat bilan topilgan. Prokuraturaning ta’kidlashicha, o‘sha paytda Tramp yaqin joyda golf o‘ynagan va uning xavfsizlik xodimlari Rautning butalar orasida yotganini payqashgan.

Maxfiy xizmat xodimlari Rautga qarata o‘t ochgan, ammo u zarba bermagan va u qochishga muvaffaq bo‘lgan, deyiladi ayblov xulosasida. Keyinroq Raut yaqin atrofdagi magistrallardan birida hibsga olingan.

Raut Trampga suiqasd uyushtirish, shuningdek, o‘qotar qurolni noqonuniy saqlash va polisiyachiga hujum qilishda ayblanmoqda.

Dushanba kuni Raut sudga keldi, biroq ayblovlarning birortasini tan olmadi: sud majlisi besh daqiqaga yaqin davom etdi. Uning advokatlari hakamlar hay’ati tomonidan sud muhokamasini talab qilishdi.
Agar Raut Trampga suiqasd uyushtirishda aybdor deb topilsa, u umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati